Elektr iste’moli (10−15 kVt) uchun quvvat chegarasining bekor qilinishi Toshkent elektr tarmoqlarida avariyalar sonini bir necha barobarga oshirdi, deb xabar qildi Energetika vazirligi. Vazirlik hisoblagichlarning dasturiy ta’minotini takomillashtirmoqda.
Energetika vazirligi ikki yil ichida energetika tizimining barqaror va uzluksiz ishlashiga erishmoqchi. Buning uchun ishlab chiqarish quvvatlarini keskin oshirish, to‘liq raqamlashtirish, uzatish tarmoqlarini boshqarishga xususiy operatorlarni jalb qilish va boshqalar rejalashtirilmoqda.
O‘zbekistonda birgina noyabr oyining o‘zida elektr energiyasi iste’moli uchun o‘suvchan koeffitsiyentlarning joriy etilishi oyiga 1000 kVt/soatdan ortiq iste’mol qiluvchi abonentlardan qo‘shimcha 26 mlrd so‘m undirish imkonini berdi, deya ta’kidladi Energetika vazirligi.
O‘zbekistondagi barcha “zapravka”larda Ai-80 benziniga 8 ming so‘mlik yuqori narx chegarasini belgilash rejalashtirilmoqda. Bundan tashqari, raqobatni rivojlantirish uchun “Tatneft”, “Lukoyl”, “Gazpromneft” va Saneg kompaniyalarini 80 dan ortiq “zapravka” qurilishiga jalb etish rejalashtirilgan.
O‘tgan yilda Ai-80 benziniga aksiz solig‘i vaqtincha bekor qilingani sababli davlat budjetiga 100 mln dollar kamomad yetdi, shunga qaramay, O‘zbekiston aholisi bu imtiyozdan deyarli naf ko‘rmadi. Energetika vazirligi bundan asosan tadbirkorlar foyda ko‘rganini tasdiqladi.
Yuqori Chirchiq tumanida joylashgan avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalasi 1 mlrd 258 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi.
Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudovning aytishicha, vazirlik O‘zbekistondagi gaz “zapravka”larini yopmagan, faqat ish vaqtini cheklagan. Avvalroq 630 dan ortiq gaz to‘ldirish shoxobchalari sovuq havo tufayli o‘z faoliyatini to‘xtatgani xabar qilingan edi.
Elektr hisoblagichlar xarid qilishni tadbirkorlik subyektlari va aholi mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish taklif qilinmoqda. Bunga moliyaviy imkoniyatlar yetishmayotgani sabab qilib ko‘rsatildi. 2024-yildan biznes uchun gaz va elektrga 100 foiz oldindan to‘lov tizimini qaytarish ham reja qilinmoqda.
“Hududgazta’minot” kompaniyasi O‘zbekistonda gaz to‘ldirish shoxobchalari uchun kiritilgan cheklovlar yumshatilganini ma’lum qildi. AGTKSHlar “mahalliy hokimliklar tomonidan tasdiqlangan reja-grafik asosida” ishini tiklaydi.
1-noyabrdan O‘zbekistonda 10−15 kVtgacha energiya iste’moli chegarasi joriy etildi. Chegaradan oshib ketganda “aqlli” hisoblagichlar avtomatik ravishda tarmoqdan uzadi. Energetika vazirligi ushbu cheklovlar nega kiritilgani va hozirda nima sababdan vaqtincha bekor qilinganini tushuntirdi.
Energetika vazirligi elektrdan tejamkorlik bilan foydalanish bo‘yicha reydlar o‘tkazilayotganini ma’lum qildi. Reklama bannerlari, daraxtlardagi yoritkichlar, dorixona, ovqatlanish shoxobchalari yozuvidagi chiroqlar o‘chirilmoqda. Vazirlik elektrni behuda sarflash javobgarlikka sabab bo‘lishidan ogohlantirdi.
Energetika vazirligi “aholini tabiiy gaz bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida” O‘zbekiston bo‘ylab barcha metan zapravkalari faoliyati soat 6:00 dan 15:00 gacha olib borilishini ma’lum qildi.
Qonunchilik palatasida energetika vaziri deputatning Toshkentda ko‘p qavatli uylar qurilishining oshishi energetika tarmog‘iga qanday ta’sir qilayotgani haqidagi savoliga javob berdi. Uning aytishicha, hozirda yangi texnik shartlar joriy qilingan, avvalgidek yagona darcha orqali ruxsatnoma olish taqiqlangan.
“Gazprom” bilan tuzilgan shartnomaga ko‘ra, 7-oktabrdan beri O‘zbekiston Rossiyadan 300 mln kub metrga yaqin gaz import qildi, dedi energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov. U import qilingan “moviy yoqilg‘i” narxini yana oshkor qilmadi.
Samarqanddagi 9 ta ko‘p qavatli uy qariyb 9 mlrd 535 mln so‘mlik tabiiy gazdan, 2 ta ko‘p qavatli uy esa 64 mln 800 ming so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi.
To‘qqiz oy davomida “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan O‘zbekistondagi xususiy yonilg‘i quyish shoxobchalarida o‘tkazilgan tekshiruvlar davomida 9,15 mln litr sifatsiz benzin sotilishining oldi olindi.
O‘zbekistonda 1 kVt/soat elektr energiyasi tannarxi 970 so‘mni (2022-yil may oyidan +21,2% oshgan), gazning bir kubometri 1890 so‘mni (+35%) tashkil qilmoqda, deb xabar qildi Energetika vazirligi. Kuni kecha Energetika vaziri bir kVt/soat elektr energiyasi narxi 800 so‘mdan oshganini aytgandi.
Jo‘rabek Mirzamahmudov ba’zi gaz quyish shoxobchalari uchun imtiyozli narxlar borligi haqidagi savolga javob berdi. Davlat yetkazib beruvchilari barcha “zapravka”larga gazni yagona narxda sotadi, dedi energetika vaziri.
O‘zbekiston va Janubiy Koreya qo‘shma gaz loyihasi doirasida “O‘ztransgaz”ning Koreya kompaniyalari oldidagi qarzini to‘lash bo‘yicha “murosa variantini” topdi, dedi energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov. Unga ko‘ra, loyihada ishlab chiqariladigan xomashyo va tovar gaziga tariflarni o‘zgartirish ko‘zda tutilgan.
O‘zbekiston hukumati 1-oktabrdan yirik korxonalar, budjet tashkilotlari, kompaniyalar va boshqa yuridik shaxslar uchun elektr energiyasi va gaz narxlarini erkinlashtirishni rejalashtirmoqda. Aholi uchun tariflar o‘zgarishsiz qoladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting